Xristos Solis Millatlar ligasi uchrashuvida jarohat oldi.
Gresiya terma jamoasi yarim himoyachisi Niderlandiyaga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida, katta ehtimol bilan, sonning orqa qismi mushaklarini jarohatladi.

24 yoshli futbolchiga tibbiy yordam ko‘rsatilayotgan paytda u yuzini futbolkasi bilan berkitib oldi. 18-daqiqada uning o‘rniga Giorgos Masuras maydonga tushdi.
Joriy mavsumda Solis «Arsenal» va Gresiya terma jamoasi safida jami 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













