O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Suriyaga qarshi uchrashuvda uch nafar futbolchi debyut qildi.
Kecha o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida yosh futbolchilarimiz Aziz Xolmurodov, Nurmuhammad Abdug‘aniyev va Muhammad Hakimov ilk bor milliy terma jamoa libosida maydonga tushdi.
Shu tariqa, uch nafar futbolchi O‘zbekiston milliy jamoasi safidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Suriyani 4:1 hisobida mag‘lub etgan edi.













