«Inter»ning sobiq himoyachisi Marko Materassi o‘tgan mavsum jamoani boshqargan «neradzurrilar» bosh murabbiyi Kristian Kivuning faoliyatiga baho berdi.
«O‘tgan yili ko‘pchilik Kivu haqida shubha bilan gapirgan edi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish ijobiy jihat bo‘ldi, chunki bu Chempionlar ligasi finalidagi mag‘lubiyatni unutishga yordam berdi.
Kristian o‘z ishini yaxshi uddaladi», — deya Materassining so‘zlarini keltiradi Football Italia.













