Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Usman Dembelening o‘yini haqida fikr bildirdi.
29 yoshli «PSJ» futbolchisi Millatlar ligasida Italiyaga qarshi uy uchrashuvida sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushdi. U darvoza tomon eng ko‘p — olti marta zarba berdi, ammo Janluiji Donnarumma darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
«Menimcha, Dembele yaxshi o‘yin o‘tkazdi. U o‘zi eng yaxshi uddalaydigan ishlarni qilyapti. Usman juda ko‘p harakat qiladi, doim pozisiyasini o‘zgartiradi va shu orqali jamoaga yordam beradi. Odamlar ko‘pincha faqat gollarga qaraydi, men esa vaziyatni boshqacha baholayman», — dedi Zidan.
Usman Dembele ketma-ket beshinchi o‘yinda ham gol ura olmadi.
5 oktyabr kuni Fransiya o‘z maydonida Belgiyani qabul qiladi.













