Fransiyalik sobiq futbolchi Luis Fernandes "Real" va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening o‘yin darajasi haqida fikr bildirdi.
"Mbappe — katta futbolchi. Ammo men uni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb atay olmayman. Kilian maydonda ko‘p narsani qila oladi va buni "Real"da ham isbotladi. U natija keltira oladigan futbolchi.
Men uni doim markaziy hujumchi sifatida tasavvur qilganman. Uning himoyadagi o‘yini haqida gapiradigan bo‘lsak, Messi ham 90 daqiqa davomida yugurmasdi. U to‘pni qabul qilish va gol urish uchun qachon faollashish kerakligini yaxshi bilardi", — dedi Fernandes.
Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi Ispaniya chempionatida 7 ta o‘yinda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.













