Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Jurnalist Ronalduni himoya qildi: "Jezush buyuk futbolchiga xiyonat qildi"

Jurnalist Ronalduni himoya qildi: "Jezush buyuk futbolchiga xiyonat qildi"

Baho:
+ | -2

Taniqli jurnalist Tomas Ronsero Portugaliya terma jamoasidagi mojarodan so‘ng Krishtianu Ronalduni himoya qilib chiqdi.

41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan kelishmovchilik tufayli milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkin. Hujumchi payshanba kuni terma jamoa qarorgohini tark etgan edi.

"Jorje Jezush, sen doim o‘rtamiyona va omadsiz murabbiy bo‘lib qolasan. Sen — sharafsiz insonsan, tarixdagi eng buyuk futbolchiga xiyonat qilding. Hozir qo‘lingdan kelganicha kul, ammo sen bu jangda mag‘lub bo‘lding. Futbol hech narsani unutmaydi, sendan farqli o‘laroq", — dedi Ronsero.

Krishtianu Ronaldu 2003 yildan buyon Portugaliya terma jamoasi safida to‘p tepib keladi. U xalqaro miqyosda o‘tkazilgan o‘yinlar va urilgan gollar soni bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblanadi.

Kiritildi: 10:26, 03.10.2026.
O'qildi: 848 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик