Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Fernandesh: "Jezush katta sahnaga chiqishimga yordam bergan"

Fernandesh: "Jezush katta sahnaga chiqishimga yordam bergan"

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush haqida fikr bildirdi.

«Men Jezush bilan avval ham ishlaganman. Aynan u menga Portugaliyada katta sahnaga chiqishimga yordam bergan. Uning qanchalik talabchan ekanini yaxshi bilaman.

Uning menga bildirgan ayrim e’tirozlarini mutlaqo asosli deb hisoblayman, ba’zilariga esa unchalik qo‘shilmayman. Ammo bularning barchasi uning bizning mahoratimizga bo‘lgan ishonchidan kelib chiqadi.

O‘tgan o‘yinda tanaffus paytida aytgan gaplari menga yanada yaxshi o‘ynashga yordam berdi. Shuning uchun buni ijobiy holat sifatida qabul qilaman", — deya «Manchester Yunayted» sardorining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Kiritildi: 09:35, 04.10.2026.
O'qildi: 514 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик