Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Yuventus» «Liverpul» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan

«Yuventus» «Liverpul» himoyachisini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan

Baho:
+ | -

«Yuventus» «Liverpul»ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Jovanni Leoniga qiziqish bildirmoqda. «Keksa sinyora» yosh italiyalik iqtidorlarni jamoaga jalb qilishga intilmoqda. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Turin klubi so‘nggi oylarda Leonini ijaraga olishni istagan, ammo «Liverpul» bu taklifni rad etgan. Mersisaydliklar himoyachi xalqaro tanaffusdan so‘ng maydonga tushishini kutmoqda. Biroq «Yuventus» futbolchini kuzatishda davom etmoqchi.

Leoni joriy mavsumda hozircha biror marta ham maydonga tushmadi, chunki u tizzadagi xochsimon bog‘lam jarohatidan tiklanmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Jovanni Leonining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:48, 04.10.2026.
O'qildi: 850 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик