Italiya terma jamoasi yarim himoyachisi Nikolo Barella yozda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati paytida qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirgani haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, musobaqani chetdan kuzatish juda og‘ir bo‘lgan.
"Terma jamoadagi faoliyatingni Yevropa chempionatidagi g‘alaba bilan boshlab, keyin ketma-ket ikki marta Jahon chempionatiga chiqa olmasang, tanqiddan qochib bo‘lmasligini tushunasan. Bunday vaziyatda o‘zingda kuch topib, avvalgi darajaga qaytishing kerak.
O‘sha kecha va undan keyingi oylar juda og‘ir o‘tdi. Ammo hayotda ham, futbolda ham doimo oldinga harakat qilish kerak", — deya Barellaning so‘zlarini fcinter1908.it nashri keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi g‘olib chiqdi.













