Madridning «Real» klubi qanot hujumchisi Yan Diomande Ispaniya klubida kam o‘yin vaqti olayotgani haqida fikr bildirdi.
«Hech narsa o‘zgargani yo‘q. O‘yin vaqti kam bo‘lishiga qaramay, ko‘p mashg‘ulot o‘tkazyapman. Bizda mashg‘ulotlar juda shiddatli o‘tadi. Joze Mourinyo menga ishonayotgani va maydonga tushish imkoniyatini berayotgani yaxshi», — dedi Diomande NCI telekanaliga bergan intervyusida.
Yozgi transferlar oynasida «Real» Diomande bilan «RB Leypsig»dan 125 million yevro evaziga shartnoma imzoladi. Madridga ko‘chib o‘tganidan so‘ng 19 yoshli ivuarlik futbolchi barcha turnirlarni hisobga olganda sakkizta uchrashuvda ishtirok etib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













