Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Deniya: «Gordon? U Lamin Yamal bilan bir darajada»

Deniya: «Gordon? U Lamin Yamal bilan bir darajada»

Baho:
+ | -

Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Deniya Angliyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. O‘yin 6 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Deniya Ispaniya futbol federasiyasida 15 yil ishlaganidan so‘ng Chexiya terma jamoasi bosh murabbiyiga aylangan. Shu vaqt davomida u Ispaniyaning turli yoshdagi jamoalarida — 15 yoshgacha bo‘lgan terma jamoadan tortib, Olimpiya terma jamoasiga qadar ishlagan. AQSHda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati uchun Ispaniya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan 26 futbolchidan 23 nafari avvalroq Deniya bilan ishlagan.

«Gordon? Qanday futbolchi! Xudoyim! Qanday futbolchi. U... Bilmayman, Yamal bilan bir darajada, demoqchi edim. Yosh, jasur, yakkama-yakka vaziyatlarda o‘ynay oladi, tezlikka ega», — dedi Deniya.

Murabbiy Angliya futbolida yosh futbolchilar bilan ishlash borasidagi tizimni ham alohida ta’kidladi.

«Har bir mamlakatning o‘ziga xos jihatlari bor va buni hurmat qilish va qabul qilish kerak. Bir kechada hamma narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi — muvaffaqiyat darhol kelmaydi, bu butun bir jarayon. Siz xatolarga yo‘l qo‘yasiz, ammo qayerga harakat qilayotganingizni aniq tushunishingiz kerak. Yoshlar terma jamoalari bilan 15 yil ishlash davomida biz rivojlandik, takomillashdik va moslashdik. Boshqa federasiyalar nima qilayotganiga qarash kerak. Bu ko‘chirish emas, balki o‘rganish».

Avvalroq Deniya boshchiligidagi Chexiya terma jamoasi Pragada Angliyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

Kiritildi: 15:52, 05.10.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик