"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk Niderlandiya terma jamoasi safida muhim marrani zabt etdi.
Futbolchi milliy jamoadagi 100-uchrashuvini o‘tkazdi va Niderlandiya terma jamoasi tarixida 100 ta o‘yinlik ko‘rsatkichga erishgan 11-futbolchiga aylandi.
Van Deykning yubiley uchrashuvi 4 oktyabr kuni Millatlar ligasi 4-turi doirasida bo‘lib o‘tdi. Niderlandiya o‘z maydonida Serbiyani qabul qildi.
Van Deyk uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va yana sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushdi. Bahs Niderlandiyaning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.













