Miralem Pyanich Massimiliano Allegri bir safar Krishtianu Ronalduga jarima zarbasini amalga oshirishga qanday yo‘l qo‘ymagani haqida so‘zlab berdi.
"Bu borada kulgili bir voqeani eslayman. Biz “Napoli”ga qarshi o‘ynayotgandik. Men jarima zarbasidan gol urdim. Buning o‘zi g‘alati, chunki jamoada Ronaldu ham bor edi.
U jarima zarbasini ishladi, o‘sha vaziyatda Meret ham maydondan chetlatilgandi. Maks Allegri Ronalduning maysazorda tizzasini ushlab yotganini ko‘rib, darhol unga yordam berish uchun fizioterapevtlarni yubordi.
U Krishtianuni maydonni tark etishga majbur qildi va zarbani menga ijro etish imkonini berdi. Men esa gol urdim! To‘pni olishning yagona yo‘li shu edi. Shuning uchun, rahmat, Maks!" — dedi “Yuventus”ning sobiq yarim himoyachisi Festival dello Sport tadbirida.













