Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Olise «Oltin to‘p» haqidagi savolga odatdagidek qisqa javob berdi

Olise «Oltin to‘p» haqidagi savolga odatdagidek qisqa javob berdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi futbolchisi Maykl Olise jurnalistlar bilan suhbatda odatdagidek kamgap bo‘ldi.

«Bavariya» vingeri Belgiyaga qarshi Millatlar ligasi bahsida yana bir bor yuqori saviyadagi o‘yini bilan e’tibor markazida bo‘ldi. U mehmonlar 1:0 hisobida oldinda borayotgan 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va ikki gol hamda bitta golli uzatma qayd etdi. Yakunda Fransiya 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

«Stad de Frans» tribunalari Olisega «Oltin to‘p»ni berishni talab qilib, uning nomini olqishladi. Uchrashuvdan keyin jurnalistlar 24 yoshli futbolchidan bu haqda so‘rashdi, ammo u batafsil javob berishni istamadi.

«Menda aytadigan gap yo‘q», — dedi Olise TF1 telekanaliga tabassum bilan.

Maykl Olise Millatlar ligasining joriy mavsumida to‘rtta o‘yinda 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 05:12, 06.10.2026.
O'qildi: 479 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик