Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi Vinchenso Montella Millatlar ligasida Italiyaga qarshi o‘tkazilgan va 1:3 hisobida boy berilgan uchrashuv haqida fikr bildirdi.
Turkiyaliklar 61-daqiqada Aral Shimshirning goli evaziga hisobni tenglashtirdi. Biroq oradan uch daqiqa o‘tib, Italiya yana oldinga chiqdi va bahs oxirida uchinchi golni ham kiritdi.
«Bu yerda «hafsalasi pir bo‘lish» degan ibora to‘g‘ri keladimi, bilmayman. Chunki biz, shubhasiz, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Italiyadan yomon emasdik, hatto ayrim jihatlarda yaxshiroq ham harakat qildik. Futbolchilarimning kayfiyati va xarakteri menga yoqdi.
Raqib jarima maydoni yaqinida to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda yetishmovchilik bo‘ldi. Shuningdek, o‘z jarima maydonimizga qilingan yugurishlarni yaxshiroq nazorat qilishimiz mumkin edi. Mening yagona e’tirozlarim shu.
Ammo futbol shunday o‘yin. Bunday darajada hamma narsani mayda detallar hal qiladi. Biz uchun bu juda foydali tajriba bo‘ldi», — dedi Montella.
Turkiya terma jamoasi «A» guruhida o‘tkazgan to‘rtta uchrashuvning barchasida mag‘lub bo‘lib, turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.













