«Milan»ning sobiq futbolchisi Zvonimir Boban hamyurti Petar Suchich haqida iliq fikr bildirdi. Ayni paytda xorvatiyalik yarim himoyachi «Inter» sharafini himoya qilmoqda.
«U juda yuqori saviyali, har tomonlama kuchli va jasur futbolchi. Bundan tashqari, gol vaziyatlarini juda yaxshi his qiladi. Hozir u o‘zini unchalik qulay his qilmayotgani ko‘rinib turibdi.
Menimcha, Kivu uni u munosib bo‘lgan darajada qadrlamayapti. Agar vaziyat o‘zgarmasa, Suchichning «Inter»da qolishida katta ma’no ko‘rmayapman. Chunki u hozirgi kunda dunyodagi eng yaxshi «boks-tu-boks» tipidagi yarim himoyachilardan biri», — dedi Boban.
Eslatib o‘tamiz, hozirda «Inter» Italiya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.













