Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Villian: «Tottenxem»ga o‘tishni umuman xohlamaganman»

Villian: «Tottenxem»ga o‘tishni umuman xohlamaganman»

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning sobiq futbolchisi Villian 2013 yilda «Tottenxem»ga o‘tishga juda yaqin kelgani, ammo so‘nggi lahzada transfer amalga oshmay qolganini esladi.

O‘sha paytda «Tottenxem» braziliyalik vingerni «Anji»dan sotib olishga yaqin turgandi. Biroq muzokaralarga «Chelsi» ham qo‘shilib, futbolchini o‘z safiga og‘dirib ketgan.

«Men Londonda yashashni istardim. Shuning uchun agar «Chelsi» meni xohlamasa, «Tottenxem»ga o‘taman, deb qaror qilgandim. Hatto tibbiy ko‘rikdan ham o‘tdim.

Ammo shartnoma imzolanadigan kuni o‘zimga: «Yo‘q, men «Tottenxem»ga o‘tishni istamayman», dedim. Qasam ichaman, mashinada ketayotganimda: «Men u yerga borishni xohlamayman. «Chelsi»ga o‘tgim keladi, ammo ularga kerak emasman», deb o‘ylayotgandim.

«Tottenxem» bazasiga yetib kelganimda agentim meni kutib oldi va: «Bizda muammo bor», dedi. Men tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan bo‘lsam kerak, deb o‘yladim. Keyin u: «Chelsi» taklif yubordi», dedi. Men esa: «Nima?! Unda o‘sha yerga ketdik!» deb javob berdim», — dedi Villian Jon Obi Mikelning podkastida.

Villian 2013 yildan 2020 yilgacha «Chelsi» sharafini himoya qildi. Keyinchalik u «Arsenal» va «Fulxem» klublarida ham to‘p surdi.

Kiritildi: 05:44, 06.10.2026.
O'qildi: 555 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик