Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Skoulz Pogbaning «Manchester Yunayted»dan ketishiga o‘zi ham sabab bo‘lganini tan oldi

Skoulz Pogbaning «Manchester Yunayted»dan ketishiga o‘zi ham sabab bo‘lganini tan oldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» afsonasi Pol Skoulz Pol Pogbaning 2012 yilda klubni birinchi marta tark etishiga o‘zi ham ma’lum darajada sabab bo‘lganini tan oldi. U bu haqda The Good, The Bad & The Football podkastida gapirdi.

Skoulz 2011 yil yozida faoliyatini yakunlagan, ammo oradan olti oy o‘tib, ser Aleks Fergyusonning iltimosiga ko‘ra jamoaga qaytgan edi.

«Pogba? Ha, yaxshi tanlov! Bilasizmi, uning birinchi marta ketishiga sabab bo‘lgan odamlardan biri men edim. Men 36 yoshimda faoliyatimni yakunladim, keyin esa yana qaytdim. Pol esa aynan o‘sha paytda asosiy jamoaga kirib kelishga harakat qilayotgandi.

Menimcha, u maydonga tushishni kutayotgandi, chunki yanvar oyida bizda deyarli yarim himoyachilar qolmagan edi. Hatto Rafael da Silva va Fil Jonsni markaziy yarim himoyada o‘ynatganmiz», — dedi Skoulz.

«Pol asosiy jamoaga qadam qo‘yishi kerak bo‘lgan navbatdagi yosh futbolchi edi. U 17 yoshda edi, men esa har kuni mashg‘ulotlarda unga qarshi o‘ynardim. U maydonga tushishga haqliman, deb hisoblardi.

Keyin men qaytib keldim va har hafta asosiy tarkibda o‘ynay boshladim. Shundan so‘ng uning agenti yangi shartnoma bo‘yicha takliflarni rad eta boshladi. Menimcha, uning ketishiga shu ham sabab bo‘lgan. Demak, buning uchun qisman men ham javobgarman», — deya qo‘shimcha qildi u.

«Manchester Yunayted»dan ketgach, Pogba «Yuventus»da to‘rt mavsum o‘tkazdi. 2016 yilda esa ingliz klubi uni o‘z tarixidagi rekord summa — 105 million yevroga ortga qaytardi.

Qaytib kelganidan keyin fransuz futbolchisi «Manchester Yunayted» safida 200 dan ortiq uchrashuv o‘tkazib, 39 ta gol urdi va 51 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 05:50, 06.10.2026.
O'qildi: 542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик