Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

«Manchester Yunayted» Maktominayni arzonroq narxda qaytarishi mumkin

«Manchester Yunayted» Maktominayni arzonroq narxda qaytarishi mumkin

Baho:
+ | -

«Napoli» yarim himoyachisi Skott Maktominay yana «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.

Shotlandiyalik futbolchining Italiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Biroq yangi bitim bo‘yicha muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. «Napoli» rahbariyati futbolchining talablarini haddan tashqari yuqori deb hisoblamoqda.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, Maktominay 2027 yil yozida o‘zi uchun qadrdon bo‘lgan «Manchester Yunayted»ga qaytishi mumkin. «Napoli» uning transferi uchun taxminan 25–30 million yevro so‘rashi kutilmoqda.

«Manchester Yunayted» Maktominayni 2024 yil yozida 30,5 million yevroga sotgan edi. Transfermarkt ekspertlari 29 yoshli futbolchining hozirgi bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:51, 06.10.2026.
O'qildi: 597 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик