Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Jarnalist Morgan Ronalduning terma jamoadagi mojarosi mohiyatini tushuntirdi

Jarnalist Morgan Ronalduning terma jamoadagi mojarosi mohiyatini tushuntirdi

Baho:
+ | -1

Teleboshlovchi Pirs Morgan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning bosh murabbiy Jorje Jezush boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan yuzaga kelgan mojarosi haqida fikr bildirdi.

«Gap pul, mashhurlik yoki boshqa shunga o‘xshash narsalarda emas. Unga terma jamoada qanday foydalanilishi borasida mutlaq kafolat berilgan. Bu uni terma jamoadagi faoliyatini yakunlamaslikka qaror qilishining sabablaridan biri bo‘ldi.

Yangi mutaxassis Jorje Jezush — u bilan Saudiya Arabistonida birga ishlagan — unga Millatlar ligasidagi rejasini tushuntirdi. Ular Ronaldu dastlabki ikki uchrashuvda o‘ynashi, keyingi ikki bahsni esa o‘tkazib yuborishiga kelishib olishdi.

Birinchi o‘yin oldidan unga: “Sen 90 daqiqa o‘ynaysan”, deyishdi. Bu murabbiy va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat edi. Bu insonning maqomini hisobga olish muhim.

U 67-daqiqada almashtirildi. Ronaldu bundan biroz norozi bo‘ldi. Keyin murabbiy undan uzr so‘radi va federasiya rahbari oldida ham kechirim so‘rab, bunday holat takrorlanmasligini tushuntirishini aytdi.

Ammo keyin u mutlaqo teskari yo‘l tutdi — “ten Xag usuli”ni takrorladi. U matbuot oldiga chiqib, Ronalduning qadrini tushirishga, uni o‘z o‘rniga qo‘yishga harakat qildi. “Men uchun barcha futbolchilar teng”, degan va shu kabi gaplarni aytdi. Bu esa Ronalduning g‘azabini yanada oshirdi.

Keyin u Ronalduning oldiga kelib: “Qara, ikkinchi blokda dam olishga kelishganimizni bilaman, lekin Norvegiyaga qarshi o‘yinda menga sen 30 daqiqa keraksan”, dedi. Ronaldu esa: “Xo‘p, kerak bo‘lsa, maydonga tushaman”, deb javob berdi. Aslida, bu uning yon berishidir, chunki ularning kelishuvi boshqacha edi.

Shundan keyin u 25 daqiqa davomida qizishdi va zaxirada qoldi. Yana hurmatsizlikka duch kelganini his qilib, juda qattiq g‘azablandi.

Albatta, Portugaliya bu o‘yinlarda g‘alaba qozonganini aytish mumkin. Ular o‘tgan mavsumda Millatlar ligasida g‘olib bo‘lishdi. Hal qiluvchi o‘yinda kim o‘zini ko‘rsatdi? Krishtianu Ronaldu. Shuning uchun “Ronaldusiz terma jamoa yaxshiroq” deb aytish kerak emas.

U uchun bu hurmat masalasi. Unga bir narsa va’da qilishadi, amalda esa boshqacha yo‘l tutishadi: unga mashg‘ulotni boshlashni ko‘rsatma berishadi, ammo maydonga tushirishmaydi. Ronaldu buni juda katta hurmatsizlik deb hisoblagan.

Oxir-oqibat u “bor-e” degandek munosabat bildirib, samolyotga o‘tirdi va jamoa qarorgohini tark etdi. Uning asosiy e’tirozi shundaki, bu murabbiy matbuot oldiga chiqib, shaxsiy suhbatlarda aytgan gaplariga zid fikrlarni bildirishda davom etgan», — dedi Morgan Football Uncensored YouTube-kanalidagi videoda.

Ronaldu Daniyaga qarshi Millatlar ligasi 3-tur uchrashuvi oldidan Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi. Daniya mazkur bahsda Portugaliyani 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Buning oldidan bosh murabbiy Jorje Jezush Ronaldu bilan hech qanday mojaro yo‘qligini aytgan edi.

Ayrim portugaliyalik OAVlar Krishtianuning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash niyati borligi haqida xabar tarqatdi. Shuningdek, Jezush hujumchi bilan yarashuv uchrashuvini o‘tkazishga rozi bo‘lgani va futbolchini noyabr oyidagi o‘yinlar uchun terma jamoa tarkibiga kiritishni rejalashtirayotgani haqida ham ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 07:40, 06.10.2026.
O'qildi: 1193 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик