Angliya terma jamoasi himoyachisi Trevo Chaloba Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiya ustidan 7:0 hisobida qozonilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Uning ta’kidlashicha, Angliya ushbu uchrashuvda bundan ham ko‘proq gol urishi mumkin edi.
«Gollar soni yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi va bu hatto biroz qo‘rqinchli. Jamoamiz safida shunday ajoyib futbolchilar borligi juda yaxshi», — dedi Chaloba.
Futbolchi Angliya himoya chizig‘i ham muntazam rivojlanib borayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Garri Keyn va jamoaning boshqa kuchli hujumchilariga qarshi mashg‘ulot o‘tkazish himoyachilarning saviyasini oshirmoqda.
Chaloba bunday yuqori darajadagi futbolchilar Angliya safida o‘ynayotganidan xursand ekanini va ularga raqib sifatida to‘qnash kelishni istamasligini qo‘shimcha qildi.













