Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

De la Fuente: «Xorvatiya 0:7 dan keyin o‘ta kuchli motivasiya bilan o‘ynaydi»

De la Fuente: «Xorvatiya 0:7 dan keyin o‘ta kuchli motivasiya bilan o‘ynaydi»

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasini Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiyaga qarshi safarda qiyin uchrashuv kutib turibdi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente fikr bildirdi.

Mutaxassisning aytishicha, Xorvatiya Angliyadan o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida 0:7 hisobida og‘ir mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng o‘ta kuchli motivasiya bilan maydonga tushadi.

«Biz keskinlik va ehtirosga boy muhitni yaxshi ko‘ramiz. Ishonchim komilki, bu safar ham aynan shunday bo‘ladi. Xorvatlar juda kuchli motivasiya bilan o‘ynaydi, ammo Ispaniya futbolchilarida ham ishtiyoq kam emas», — dedi de la Fuente.

Jamoalar o‘rtasida Ispaniyada o‘tgan birinchi uchrashuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.

De la Fuente shogirdlari allaqachon turnirning pley-off bosqichiga chiqishni kafolatlagan. Xorvatiya esa Ispaniya va Angliyaga qarshi uchrashuvlarda umumiy 1:11 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Kiritildi: 08:17, 06.10.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик