Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasida futbolchilarning o‘yin vaqtini cheklashini ma’lum qildi. Mutaxassisning aytishicha, hech bir o‘yinchi to‘rtta uchrashuvning uchtasini ham to‘liq o‘tkazmaydi.
«Qizil furiya» ustozi hatto Lamin Yamal uchta bahsni asosiy tarkibda boshlaganiga qaramay, umumiy hisobda atigi ikki to‘liq o‘yinga teng vaqt maydonda harakat qilganini ta’kidladi.
«Muhim bir jihatni alohida ta’kidlamoqchiman: hech bir futbolchi 270 daqiqadan, ya’ni to‘rtta o‘yindan uchtasini to‘liq o‘tkazishga teng vaqtdan ortiq maydonda bo‘lmaydi», — dedi de la Fuente.
6 oktyabr kuni Ispaniya terma jamoasi safarda Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda de la Fuente shogirdlari 4:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.













