«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo Lamin Yamalning mavsum boshidagi o‘yiniga baho berdi.
«U o‘sishda davom etmoqda. Lamin samaradorligini oshirishni istardi va hozir buning uddasidan chiqyapti. U ham klub, ham terma jamoa uchun juda muhim futbolchi.
Biz uni bunday formada ko‘rishdan xursandmiz. U har bir o‘yinda o‘z darajasini tasdiqlamoqda», — dedi Olmo.
Millatlar ligasining joriy mavsumida Yamal Ispaniya terma jamoasining har uchala uchrashuvida ham gol urdi. U Angliyaga qarshi 3:2 hisobidagi bahsda bir marta, Xorvatiyaga qarshi 4:1 hisobidagi uy uchrashuvida ikki marta va Chexiyaga qarshi 3:1 hisobidagi o‘yinda yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ispaniya navbatdagi uchrashuvini 6 oktyabr kuni safarda Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.













