Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Modrich: «Butunlay boshqa Xorvatiyani ko‘rsatamiz»

Modrich: «Butunlay boshqa Xorvatiyani ko‘rsatamiz»

Baho:
+ | -

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Ispaniyaga qarshi navbatdagi uchrashuv oldidan Angliyadan 0:7 hisobida qabul qilingan og‘ir mag‘lubiyat haqida gapirdi.

«Hech narsa bo‘lmagandek tuta olmaymiz. Jamoa ichida nima muhokama qilganimiz o‘zimizda qoladi.

Ammo ishonchim komilki, butunlay boshqa Xorvatiyani ko‘rsatish uchun bizda yetarlicha kuch va ruh bor. Ilgari ko‘p bor qilganimizdek, muxlislarimizni yana biz bilan faxrlantirishni istaymiz», — dedi Modrich matbuot anjumanida.

Xorvatiya 3 oktyabr kuni Angliyadan javobsiz yettita gol o‘tkazib, o‘z tarixidagi eng yirik mag‘lubiyatni qabul qildi.

Xorvatiya va Ispaniya terma jamoalari 6 oktyabr (23:45) kuni Split shahrida o‘zaro bahs olib boradi.

Kiritildi: 08:29, 06.10.2026.
O'qildi: 432 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик