«Komo» himoyachisi Trevo Chaloba «Chelsi»dagi sobiq jamoadoshlaridan qay biri bilan hali ham yaqin aloqada ekani haqida gapirdi. Futbolchi hozir «Fluminense» sharafini himoya qilayotgan Tyago Silva bilan hamon muloqot qilib turadi.
«Tyago doim men o‘rnak olgan futbolchilardan biri bo‘lgan. Maktabda o‘qigan paytimda YouTube orqali uning videolarini, ayniqsa «Milan»dagi o‘yinlaridan lavhalarni doim tomosha qilardim.
Keyin «Chelsi»da u bilan birga maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘lish ajoyib edi. Bu mening yana bir orzum amalga oshganini anglatardi», — dedi Chaloba.
«U «Chelsi»da o‘ynagan paytda men uning tiklanish jarayoni, maydondagi harakatlari va o‘yin uslubini diqqat bilan o‘rganardim. Undan o‘rgangan eng muhim narsalarimdan biri — har doim «agar shunday bo‘lsa-chi?» degan savol bilan vaziyatni oldindan tasavvur qilish», — deya qo‘shimcha qildi u.
Chalobaning aytishicha, Tyago Silva hozir ham ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalar orqali unga maslahat berib turadi.













