Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Anri «Arsenal»ning yangi vingerini maqtadi, ammo bir kamchiligini ko‘rsatdi

Anri «Arsenal»ning yangi vingerini maqtadi, ammo bir kamchiligini ko‘rsatdi

Baho:
+ | -

«Arsenal» afsonasi Tyerri Anri londonliklar safida to‘p surayotgan gresiyalik vinger Xristos Solisning o‘yiniga baho berdi.

«Men uni anchadan beri, hali «Bryugge»da o‘ynagan paytidan kuzatib kelaman. U maydonni juda yaxshi ko‘radi va to‘pni o‘zida ushlab turishdan qo‘rqmaydi.

Markazga siljiganda esa golli uzatmalar berish qobiliyati ham bor — buni allaqachon ko‘rdik. U darhol o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata boshladi.

Biroq hozircha safar o‘yinlarida unga biroz qiyin bo‘layotgani ko‘rinib turibdi. Bu — Premyer-liga», — dedi Anri.

Solis Mikel Arteta qo‘l ostida darhol chap qanotda asosiy tarkib futbolchisiga aylandi va «Arsenal» safida bir nechta golli uzatmalarni amalga oshirishga ulgurdi. U avval Belgiyaning «Bryugge» klubida to‘p surgan.

Biroq gresiyalik futbolchi milliy terma jamoa safidagi o‘yinda jarohat olgani sabab yaqin uch hafta davomida «Arsenal»ga yordam bera olmaydi.

Kiritildi: 08:43, 06.10.2026.
O'qildi: 588 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик