«Bavariya» Xarri Keyn bilan yangi shartnoma bo‘yicha moliyaviy shartlarni kelishib oldi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Germaniya klubi va 33 yoshli hujumchi maosh miqdori hamda bonuslar tizimi bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan. Biroq tomonlar shartnoma muddati borasida hali kelisha olmagan. Bu masala muzokaralar davomida muhokama qilinishi kerak.
Keynning «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan.
Joriy mavsumda angliyalik hujumchi Myunxen klubi safida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













