Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Pirs Morgan Ronaldu nega Portugaliya terma jamoasidan ketganini aytdi

Pirs Morgan Ronaldu nega Portugaliya terma jamoasidan ketganini aytdi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronalduning do‘sti bo‘lgan jurnalist Pirs Morgan yulduz hujumchi nega Portugaliya terma jamoasi joylashgan bazani o‘zboshimchalik bilan tark etganini tushuntirdi.

The Touchline Morganning so‘zlariga tayanib xabar berishicha, dastlab Ronaldu Portugaliya terma jamoasining birinchi o‘yinida maydonga tushishi, keyingi ikki uchrashuvda esa dam olishi kerak bo‘lgan. Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv shunday edi. Keyin Krishtianudan dastlabki kelishuvga qaramay, Norvegiyaga qarshi o‘yinda 30 daqiqa maydonga tushish so‘ralgan. Futbolchi bunga rozi bo‘lgan. Ronaldu qariyb 25 daqiqa davomida qizish mashqlarini bajargan, ammo maydonga tushmagan.

Morganning ta’kidlashicha, Ronaldu o‘zini haqorat qilinganday his qilgan va Jorje Jezush yolg‘iz qolganda unga bir gapni, omma oldida esa butunlay boshqa gapni aytgan deb hisoblagan.

«U uchun bu hurmat masalasi. Bir narsa va’da qilindi, ammo aksincha bo‘ldi», — dedi Morgan.

Morganning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu Portugaliya terma jamoasining har bir o‘yinida avtomatik ravishda asosiy tarkibdan joy olishi kerak deb hisoblamaydi.

Kiritildi: 15:44, 06.10.2026.
O'qildi: 292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик