«Liverpul» va Vengriya terma jamoasi himoyachisi Milosh Kerkez so‘nggi vaqtlarda bir nechta noxush voqealarga duch keldi. Millatlar ligasida Ukrainaga qarshi birinchi uchrashuvdagi to‘qnashuvdan so‘ng futbolchining otasi rus musiqasi ostida surat e’lon qildi. Bu ukrainlarga yoqmadi va ijtimoiy tarmoqlarda Kerkez hamda uning otasiga tahdidlar yog‘ila boshladi.
Kerkez Ukrainaga qarshi ikkinchi uchrashuvni diskvalifikasiya sababli o‘tkazib yubordi. Futbolchi Vengriya terma jamoasi ixtiyorini muddatidan oldin tark etdi, ammo «Liverpul» ixtiyoriga emas, o‘zi tug‘ilgan Serbiyaga yo‘l oldi.
Serbiyada Kerkezni havaskorlar o‘rtasidagi o‘yinda ko‘rib qolishdi. Shundan so‘ng futbolchiga Vengriya muxlislari tahdid qila boshladi. Goal yozishicha, buning sabablaridan biri serblar va vengrlar o‘rtasidagi keskin munosabatlar bilan bog‘liq.
Vengriya tashqi ishlar vaziri Anita Orban Milosh Kerkezga nisbatan bildirilgan tahdidlarni qoraladi.
Aytgancha, Serbiyada tug‘ilgan Kerkez vengriyalik buvisiga bergan va’dasi sababli Vengriya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.













