Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Azmun Rossiyaga qaytishni istamoqda

Azmun Rossiyaga qaytishni istamoqda

Baho:
+ | -

Eronlik sobiq «Zenit» va «Bayer» hujumchisi Serdar Azmunning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Mehdi Xagitali futbolchining Rossiyaga ehtimoliy qaytishi haqida fikr bildirdi. Ayni paytda hujumchi BAAning «Shabab Al-Ahli» klubida o‘ynamoqda.

«U har doim Rossiya va Rossiya futboliga qiziqqan. Serdar yana RPLda o‘ynash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda», — dedi agent Sport24 nashriga.

Joriy mavsumda 31 yoshli Azmun barcha turnirlarda 6 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Azmun Rossiyada faqat «Zenit» safida emas, balki «Rostov» va Qozonning «Rubin» klublarida ham o‘ynagan.

Kiritildi: 15:52, 06.10.2026.
O'qildi: 230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик