«Bavariya» vingeri Maykl Olise va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Madridning «Real» klubida o‘ynashni istamoqda. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Manba 2027 yilgi yozgi transfer oynasi uzoq vaqtdan beri eng yorqin va voqealarga boy transfer oynasi bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Ta’kidlanishicha, Olise va Xoland joriy mavsum yakuniga yetgach, «Real»ga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda, chunki har ikki futbolchi ham «Santyago Bernabeu»da o‘ynashni orzu qiladi.
«Bavariya» Olise bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Vinger ham bunday qadamga tayyor, ammo shartnomada keyinchalik Madridga o‘tishiga imkon beradigan aniq tovon puli miqdori ko‘rsatilishi sharti bilan.
Xolandning kelajagi esa ko‘p jihatdan «Manchester Siti» moliyaviy qoidalarni buzgani uchun qanday jazo olishiga bog‘liq.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Xoland va Olisenig umumiy bozor qiymati 400 million yevroni tashkil etadi.













