Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Liverpul"ga Slot xatosini to‘g‘rilab, Kuansani qaytarish maslahat berildi

"Liverpul"ga Slot xatosini to‘g‘rilab, Kuansani qaytarish maslahat berildi

Baho:
+ | -

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jon Oldridj mersisaydliklarga hozir "Bayer" sharafini himoya qilayotgan klub tarbiyalanuvchisi Jarell Kuansani ortga qaytarishni tavsiya qildi.

"Agar men "Liverpul" o‘rnida bo‘lganimda, Kuansani qaytarishga harakat qilardim. Uni 66 million yevroga qayta sotib olish imkoniyati bor va men uchun bu juda mantiqiy qaror. Agar van Deyk ketsa, klub uning nomzodini albatta ko‘rib chiqishi kerak", — dedi Oldridj Liverpool Echo nashriga.

Uning fikricha, "Liverpul"ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot himoyachini "Bayer"ga osonlikcha qo‘yib yuborib, xato qilgan.

"Kuansa Arne xato qilganini isbotladi. U "Bayer"da juda yaxshi o‘ynamoqda, Angliya terma jamoasida ham o‘zini yaxshi ko‘rsatyapti", — deya qo‘shimcha qildi "Liverpul" sobiq futbolchisi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Kuansa "Bayer" safida oltita uchrashuv o‘tkazib, bitta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 15:59, 06.10.2026.
O'qildi: 231 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик