Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gari Lineker Angliya futboli tarixidagi eng buyuk futbolchi kim bo‘lishi mumkinligi haqida fikr bildirdi. U «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingemni alohida qayd etdi.
«Menimcha, oxir-oqibat Jud Bellingem Angliya tarixidagi eng buyuk futbolchiga aylanishi mumkin», — dedi Lineker.
Joriy mavsumda Bellingem «Real»ning yetakchisiga aylandi. Shuningdek, u 2026 yilgi jahon chempionatida Angliya terma jamoasining muhim futbolchilaridan biri bo‘ldi. Angliyaliklar mundialda bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.













