Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Richards Bellingemning zaif tomonlarini aytdi

Richards Bellingemning zaif tomonlarini aytdi

Baho:
+ | -

Mashhur angliyalik sobiq futbolchi Mayka Richards Jud Bellingemning o‘yinini tahlil qildi. U «Real» yarim himoyachisining zaif tomonlarini qayd etdi.

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Bellingem yetarlicha effektli emas. Bundan tashqari, unda to‘pni nazorat qilish mahorati ham yetarli darajada emas. Biroq Richards Judning o‘z kuchiga bo‘lgan mustahkam ishonchini alohida ta’kidladi.

«Jud Bellingemda Koul Palmerdagidek effektlilik yoki Fil Fodendagi kabi to‘pni nazorat qilish mahorati yo‘q. Ammo qolgan barcha jihatlarda u 10 ballik tizimda 9 ballga loyiq. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi esa 10 ball. U nima ishga qo‘l urmasin, muvaffaqiyatga erishishiga ishonadi», — dedi Richards.

Kiritildi: 17:26, 06.10.2026.
O'qildi: 333 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик