Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Portugaliya federasiyasining sobiq rahbari: «Ronaldu kamtarlik qilib, bor narsaga federasiya tufayli erishganini tan olishi kerak»

Portugaliya federasiyasining sobiq rahbari: «Ronaldu kamtarlik qilib, bor narsaga federasiya tufayli erishganini tan olishi kerak»

Baho:
+ | -

Portugaliya futbol federasiyasining sobiq prezidenti Jilbertu Madail Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi.

41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezush 27 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasining Norvegiyaga qarshi uchrashuvida uni maydonga tushirmaslikka qaror qilganidan so‘ng Portugaliya terma jamoasini tark etdi. Xabarlarga ko‘ra, hujumchi milliy jamoa safida boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgan.

«Krishtianu Ronaldu terma jamoada qanday qo‘llab-quvvatlanganini ko‘rish men uchun juda alamli edi — Luish Felipe Skolari uning otasi vafot etganida qanday tasalli berganini, federasiyada unga qanday munosabatda bo‘lishganini ko‘rdim. Hozir esa sodir bo‘layotgan voqealarni ko‘rib turibmiz.

Balki buni faqat qandaydir g‘oyaga berilgan odam tushunishi mumkin. Bu qanday g‘oya ekanini bilmayman, ochig‘i, bu men uchun qiziq ham emas.

Menimcha, Ronaldu kamtarlik qilib, aynan federasiya tufayli — yana bir bor ta’kidlayman, aynan federasiya tufayli — bugun ega bo‘lgan narsalariga erishganini va hozirgi obro‘-e’tiborini qozonganini tan olishi kerak.

Jorje Jezush ajoyib ish qildi, ammo keragidan ham ko‘proq ish qildi.

O‘yinlardan oldin futbolchi bilan uchinchi yoki to‘rtinchi uchrashuvda maydonga tushishi haqida kelishishning o‘zi katta yon berish hisoblanadi. Keyin u tanaffusda zaxiradan maydonga tushmasa yoki juda uzoq vaqt qizishsa — bu futbol-ku», — dedi 1996 yildan 2011 yilgacha federasiyaga rahbarlik qilgan Jilbertu Madail.

Kiritildi: 17:34, 06.10.2026.
O'qildi: 383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик