Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Ronaldu ketganidan so‘ng Portugaliya FIFA reytingida top-5 ga kirdi

Ronaldu ketganidan so‘ng Portugaliya FIFA reytingida top-5 ga kirdi

Baho:
+ | -

FIFA saytida milliy terma jamoalar reytingi ma’lum vaqtdan beri onlayn tarzda — kun davomidagi uchrashuvlar yakunlanganidan so‘ng yangilanib bormoqda. So‘nggi o‘yinlar top-10 da o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.

Krishtianu Ronaldu terma jamoa joylashuvini o‘zboshimchalik bilan tark etganidan so‘ng Portugaliya terma jamoasi yettinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Braziliya terma jamoasi endi oltinchi, Marokash esa yettinchi o‘rinda joylashdi.

Avvalroq joriy xalqaro tanaffus davomida Marokash terma jamoasi Braziliyani ortda qoldirib, oltinchi o‘rindan beshinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi. Endi afrikaliklar hatto top-6 dan ham chiqib ketdi.

Shuni ta’kidlash joizki, 7 oktyabr, chorshanba kuni FIFA saytida terma jamoalar reytingining rasmiy versiyasi e’lon qilinadi.

FIFA reytingida Ispaniya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Top-4 dan shuningdek Argentina, Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘rin olgan.

Kiritildi: 17:52, 06.10.2026.
O'qildi: 386 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик