Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Modrich Ronaldu atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

Modrich Ronaldu atrofidagi mojaroga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

«Milan» va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich Krishtianu Ronalduning Portugaliya milliy jamoasidagi vaziyati haqida fikr bildirdi.

O‘tgan hafta 41 yoshli hujumchi bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sabab Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgan edi.

— Ronaldu bilan gaplashdingizmi?

— Yo‘q, biz bog‘lanmadik. Nima bo‘lganini to‘liq bilmaganim uchun bu haqda biror narsa deyishim qiyin. Vaziyatni ham unchalik diqqat bilan kuzatmadim, chunki o‘z terma jamoamda ham yetarlicha muammolar bor. Ammo Ronaldu bilan o‘z yurtida shunday holat sodir bo‘layotganini ko‘rish achinarli.

Menimcha, ular baribir yechim topishadi, chunki Krishtianu bundan yaxshiroq munosabatga loyiq. U terma jamoada qoladimi yoki faoliyatini yakunlaydimi — bilmayman. Ammo u uchun chiroyli xayrlashuv uchrashuvi tashkil etilishi kerak.

Umid qilamanki, vaziyat yaxshi yakun topadi. Ronaldu — Portugaliya tarixidagi eng buyuk futbolchi va u terma jamoa bilan boshqacha tarzda xayrlashishga loyiq», — deya Modrichning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Luka Modrich va Krishtianu Ronaldu avvalroq Madridning «Real» klubida birga to‘p surgan.

Kiritildi: 05:08, 07.10.2026.
O'qildi: 740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик