«Liverpul» himoyachisi Jeremi Jake jarohati sabab Fransiya terma jamoasining Millatlar ligasida Belgiyaga qarshi o‘yinida ishtirok etmadi. Bu haqda Onefootball xabar berdi.
21 yoshli futbolchi Fransiyaning avvalgi ikki uchrashuvida maydonga tushgan edi, ammo Belgiyaga qarshi bahs uchun qaydnomaga kiritilmadi. Fransiya futbol federasiyasi ma’lumotiga ko‘ra, Jakening chap son orqa qismi mushaklarida cho‘zilish aniqlangan. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jarohatni yengil deb atadi.
Jakening jarohati xalqaro tanaffus vaqtida «Liverpul» uchun yana bir muammoga aylandi. Avvalroq Aleksandr Isak va Kodi Gakpo ham turli jarohatlar sabab terma jamoalar yig‘inini muddatidan oldin tark etgan edi.













