Argentina terma jamoasi himoyachisi Nikolas Otamendi Lionel Messining milliy jamoadagi xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng fikr bildirdi.
Otamendi jahon chempionati finalidan keyin terma jamoa bilan xayrlashgani uchun Argentina libosini boshqa kiymayman, deb o‘ylaganini aytdi.
"Ammo keyin Messi menga qo‘ng‘iroq qildi va bu tarixiy kunni u bilan birga o‘tkazishim uchun taklif qildi. Men terma jamoada 17 yil o‘ynadim va bu vaqtni u bilan birga o‘tkazish juda ajoyib bo‘ldi.
Argentina terma jamoasidagi so‘nggi o‘yinimda gol urish — umrimning qolgan qismida xotiramda saqlanib qoladigan lahza", — deya Otamendining so‘zlarini TyC Sports keltirdi.
Beninga qarshi 3:0 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik uchrashuvida Otamendi 52 daqiqa maydonda harakat qildi va Lionel Messining uzatmasidan keyin gol urdi.
39 yoshli Messi, shuningdek, Nikolas Pasga ham golli uzatma berdi va o‘zi ham raqib darvozasini ishg‘ol qildi.













