«Nottingem Forest» bosh murabbiyi Oliver Glacner «Aston Villa»ni o‘rnak sifatida ko‘rishini va klubni Chempionlar ligasiga olib chiqishni maqsad qilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Siti Graund» stadionini kengaytirish bunday taraqqiyot uchun zarur sharoitlarni yaratishdagi birinchi qadam hisoblanadi.
«Stadionni kengaytirish zarur sharoitlarni yaratishdagi birinchi qadam. Ammo nega “Aston Villa” kabi bo‘lmasligimiz kerak? Ya’ni Chempionlar ligasida o‘ynash zavqini his qilishimiz mumkin, hatto keyin unga yana tusha olmasligimiz ehtimoli bo‘lsa ham.
“Nottingem Forest” APLdagi beshta turdan so‘ng 5 ochko to‘plagan va 13-o‘rinda bormoqda. Glacner jamoa raqiblarga ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratishga imkon bermayotganini, ammo ayniqsa o‘z maydonida hujumdagi o‘yinni yaxshilashi kerakligini ta’kidladi:
«2026 yilda ligada o‘z maydonimizda atigi bir marta g‘alaba qozondik».













