Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

"Tottenxem" 18 yoshli iqtidorini saqlab qolish uchun muzokara boshladi

"Tottenxem" 18 yoshli iqtidorini saqlab qolish uchun muzokara boshladi

Baho:
+ | -

The Sun ma’lumotiga ko‘ra, "Tottenxem" Luka Uilyams-Barnettni jamoada saqlab qolishni juda istamoqda va 18 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Uning amaldagi kelishuvi 2028 yilda yakunlanishi taxmin qilinmoqda.

Uilyams-Barnett "Tottenxem" akademiyasining eng katta iste’dodlaridan biri sifatida baholanadi. U 16 yoshida asosiy jamoada debyut qilgan, ammo joriy mavsumda Karabao Kubogida faqat bir marta qisqa muddatga maydonga tushdi.

So‘nggi paytlarda yosh futbolchiga Premyer-liganing bir qator klublari, jumladan, "Chelsi" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqaldi. Endi "Bavariya" va dortmundlik "Borussiya" ham hujumchini kuzatayotgani aytilmoqda.

Uilyams-Barnett "Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbining ham e’tiborida. Agar futbolchi asosiy jamoaga yo‘l ochilishini ustuvor deb bilsa, bu londonliklar uchun muhim ustunlik bo‘lishi mumkin.

Biroq bu ko‘p jihatdan mavsumni omadsiz boshlagan italiyalik mutaxassisning o‘z lavozimida qolish-qolmasligiga ham bog‘liq.

Kiritildi: 22:57, 07.10.2026.
O'qildi: 845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик