"Spotify Camp Nou" juma kuni Pedro Rodrigesning xayrlashuv marosimiga mezbonlik qiladi. 39 yoshli "Barselona" afsonasi professional futboldan ketish qarori ortidan OAV vakillari oldida so‘nggi marta chiqish qiladi.
Mundo Deportivo ma’lumotiga ko‘ra, Pedroning xayrlashuv matbuot anjumani Spotify Camp Nou hududidagi Auditori 1899 zalida soat 14:30 da (TSHV) boshlanadi. Bu tadbir unga 20 yillik professional faoliyati va futboldan ketish qarori haqida fikr bildirish imkonini beradi.
Ushbu marosim Pedroning "Barselona" bilan chuqur bog‘liqligi sabab yanada ramziy ahamiyat kasb etadi. U kataloniyaliklar safida 321 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 99 ta gol urgan va 20 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Ular orasida uchta Chempionlar ligasi va beshta La Liga chempionligi ham bor.
Pedro Ispaniya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempioni ham bo‘lgan. Keyinchalik u "Chelsi", "Roma" va "Lasio" klublarida to‘p surdi.
Futbolchi faoliyatini jami 776 ta rasmiy uchrashuv va klub hamda terma jamoa miqyosida qo‘lga kiritilgan 25 ta yirik sovrin bilan yakunladi.













