Madridning «Real» klubi va Fransiya milliy jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun, uning fikricha, asosiy da’vogar bo‘lgan uch futbolchini aytdi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
«Bu murakkab savol, chunki mukofotga munosib bo‘lgan futbolchilar juda ko‘p. Kilian Mbappening mavsumi ajoyib o‘tdi va menimcha, u mukofotga loyiq. Shuningdek, Usmon Dembele ham «PSJ» tarkibida ko‘rsatgan o‘yini va jamoaning navbatdagi UEFA Chempionlar ligasidagi triumfi ortidan bu sovringa munosib.
Yana Maykl Olise ham bor. Sanab o‘tganlarimning barchasi fransuzlarmi? Albatta! «Oltin to‘p» Fransiyaga qaytishi kerak», — dedi Tchuameni France 24 telekanaliga bergan intervyusida.













