Ayni paytda "Liverpul" safida to‘p surayotgan germaniyalik yarim himoyachi Florian Virs "Enfild"ga ko‘chib o‘tishidan oldin Yevropaning yana ikki klubi qiziqish doirasida bo‘lgan.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma’lumotiga ko‘ra, futbolchini "Barselona" va "Chelsi" ham kuzatgan.
Biroq yakunda 23 yoshli futbolchi unga eng katta qiziqish bildirgan "Liverpul"ni tanlagan.
Virs o‘tgan yil yozidan buyon "qizillar" safida to‘p surmoqda. U Angliyaga Leverkuzenning "Bayer" klubidan ko‘chib o‘tgan.
Futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Virsning bozor qiymati 85 million yevroga baholanmoqda.













