Milanning «Inter» klubi yarimhimoyachisi Pyotr Zelinski jamoasining UYEFA Chempionlar ligasi yangi mavsumidagi asosiy maqsadi haqida gapirdi.
Polshalik futbolchining ta’kidlashicha, «neradzurri» bu galgi musobaqada o‘z imkoniyatlarini namoyish etish va o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq natija qayd etishni ko‘zlamoqda.
«Biz Chempionlar ligasida tarkibimizda yuqori saviyali futbolchilar ko‘p ekanini isbotlamoqchimiz. Asosiy maqsadimiz — hech bo‘lmaganda o‘tgan mavsumdagidan yaxshiroq ishtirok etish.
Jamoamizda kuchli futbolchilar juda ko‘p va biz bu imkoniyatlardan foydalanishni istaymiz», — deya Zelinskining so‘zlarini keltiradi Tuttomercatoweb nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida muxlislari kutgan natijani qayd eta olmagan edi.
Milan klubi umumiy bosqichda o‘tkazilgan sakkizta uchrashuvning uchtasida mag‘lubiyatga uchrab, turnir jadvalida 10-o‘rinni egallagan.
Pley-off bosqichida esa «Inter» kutilmagan natija bilan musobaqani tark etgan. Italiya grandi dastlabki bosqichdayoq Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubiga imkoniyatni boy bergan edi.
Endi «neradzurri» yangi mavsumda o‘tgan yilgi muvaffaqiyatsizlikni ortda qoldirib, Yevropa maydonlarida yaxshiroq natija ko‘rsatishga intilmoqda.













