Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi milliy jamoadagi xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng o‘ziga xos sovg‘aga ega bo‘ldi. Bahsni boshqargan chililik hakam Fernando Vexar 39 yoshli futbolchiga sariq va qizil kartochkalarni esdalik sifatida taqdim etdi.
Argentina terma jamoasi Beninga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Messi mazkur bahsning asosiy qahramoniga aylanib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Uchrashuv yakunlangach, argentinalik yulduz maydonda jamoadoshlari va boshqa ishtirokchilarning tabriklarini qabul qildi.
Messini tabriklash uchun uning yoniga kelganlar orasida bahsni boshqargan chililik hakam Fernando Vexar ham bor edi.
Arbitr futbolchini milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlagani bilan qutlash bilan cheklanib qolmadi. U Lionelga sariq va qizil kartochkalarini esdalik sovg‘asi sifatida topshirdi.
Hozircha Messi ushbu noodatiy sovg‘ani xotira sifatida saqlab qo‘yishi yoki yo‘qligi noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Lionel Messi klub miqyosida AQSHning MLS chempionatida ishtirok etayotgan «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.













