Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines Lionel Messining Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirib, afsonaviy futbolchiga ta’sirli so‘zlar bilan murojaat qildi.
39 yoshli Messi 6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi Argentina terma jamoasi safidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazdi.
Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan xayrlashuv bahsida argentinaliklar Benin terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Messi uchrashuvdagi barcha uchta golda bevosita ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi va penaltidan to‘p kiritdi.
O‘yindan so‘ng Lautaro Martines ijtimoiy tarmoqda Messi bilan tushgan suratlarini e’lon qilib, unga minnatdorchilik bildirdi.
«Biz bu kecha hech qachon kelmasligini istagandik. Ammo sen bilan birga o‘tkazgan barcha onlarimiz kabi, bu kechaning ham har bir lahzasidan to‘liq bahra oldik.
Sen tarixdagi eng buyuk futbolchi eding, hozir ham shundaysan va kelajakda ham shunday bo‘lib qolasan», — deb yozdi Lautaro Martines.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi 2005 yildan buyon Argentina milliy terma jamoasi sharafini himoya qilib kelgan.
U milliy jamoa safida jami 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.













