Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Messi bilan suratga tushishga ruxsat berilmadi: Benin murabbiyi Argentinani tanqid qildi

Messi bilan suratga tushishga ruxsat berilmadi: Benin murabbiyi Argentinani tanqid qildi

Baho:
+ | -

Benin milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Gernot Ror Argentinaga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng raqib jamoa vakillarining munosabatidan noroziligini bildirdi.

Argentina terma jamoasi 3:0 hisobida g‘alaba qozongan mazkur bahs Lionel Messining milliy jamoa safidagi so‘nggi uchrashuvi bo‘ldi.

O‘yindan keyin Benin futbolchilari argentinalik raqiblari bilan futbolka almashish va Messi bilan esdalik uchun suratga tushishni istashgan. Biroq ularning bu xohishi amalga oshmagan.

Gernot Ror RMC telekanaliga bergan intervyusida vaziyatni quyidagicha izohladi:

«Ha, bu juda og‘ir bo‘ldi. Afsuslanarli yagona jihat shundaki, argentinaliklar bizga hech narsa berishmadi. Na Messi bilan suratga tushish imkoniyati, na futbolka.

Bizni hatto stadion yo‘lagiga ham, kiyinish xonasiga ham kiritishmadi», — dedi germaniyalik mutaxassis.

Rorning so‘zlariga ko‘ra, xavfsizlik xizmati Benin futbolchilarining Argentina terma jamoasi vakillari oldiga borishiga ruxsat bermagan.

Beninlik o‘yinchilar shunga qaramay, raqiblari bilan futbolka almashishga harakat qilishgan, ammo bu urinishlar ham natija bermagan.

Bosh murabbiyning o‘zi esa faqat bitta esdalikka ega bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.

Ror Lionel Messining 2018 yilgi futbolkasini Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloniga topshirgan. Skaloni esa futbolkani Messiga imzolatib, keyin egasiga qaytargan.

Kiritildi: 12:30, 08.10.2026.
O'qildi: 1361 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик