Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra 2-1 Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK 3-1 Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq 2-0 Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun 2-1 Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy 2-0 An-Nahda
14/10 21:45 LASK 3-6 Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord 3-2 Komo
14/10 23:59 Manchester Siti 2-4 PSJ
14/10 23:59 Roma 3-4 Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa 6-0 Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis 3-2 Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt 1-0 Borussiya D
14/10 23:59 Slovan 0-3 Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor 3-1 AEK

«Barselona» 7 o‘yinda 8 ta gol urgan hujumchiga qiziqish bildirmoqda

«Barselona» 7 o‘yinda 8 ta gol urgan hujumchiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubi hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Lissabonning «Benfika» jamoasi to‘purari Vangelis Pavlidisni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Insayder Ekrem Konurning Daily Briefing nashriga tayanib xabar berishicha, 27 yoshli gresiyalik markaziy hujumchining transferiga Londonning «Tottenxem» klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pavlidisning ehtimoliy transfer qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda. Shu bois futbolchi uchun kurashda har ikki klub jiddiy moliyaviy xarajatlarga tayyor bo‘lishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Gresiyalik hujumchi 2024 yilning iyul oyidan buyon «Benfika» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Portugaliya grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Pavlidis joriy mavsumda ham yuqori sermahsullik namoyish etmoqda. U Portugaliya chempionatida o‘tkazgan yettita uchrashuvida sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gollarning ikkitasi penaltidan kiritilgan.

Shuningdek, 27 yoshli hujumchi hisobida ikkita golli uzatma ham mavjud.

Hozircha «Barselona» yoki «Tottenxem» tomonidan rasmiy taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 13:11, 08.10.2026.
O'qildi: 1664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик